Toshkent shahridagi 30 va 22-sonli Mehribonlik uylarida “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda bolajonlar milliy taomlar tayyorlash, qo‘l mehnati ko‘rgazmasi hamda vatanparvarlik ruhidagi konsert dasturi bilan ishtirokchilarga chiroyli bayram kayfiyati ulashdilar.

Har ikkala muassasada bolajonlar tomonidan osh pishirish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Unda bolajonlar gvardiyachi akalaridan “Namangancha osh”, “Toshkent choyxona palovi”, “Jizzax oshi” hamda “Parkent oshi” tayyorlash sir asrorlarini o‘rganishdi va o‘zlari ushbu taomlarni tayyorlashdi. Natija yomon emas, eng muhimi ularda milliy taomlarni tayyorlashga bo‘lgan qiziqish ortdi.  

Shuningdek, qo‘l mehnati namunalari ko‘rgazmasi ham o‘tkazilib, tarbiyachilarning ijod mahsullari namoyish etildi.

Shundan so‘ng, tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Bolajonlar tomonidan tayyorlangan vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar, she’r va sahna ko‘rinishlari mohirona tarzda amalga oshirildi. Ularning har bir chiqishlarida milliylik va vatanparvarlik hissi ufurib turdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Sahnadagi bolajonlarning har bir harakati tomoshabinlar va mehmonlarda iliq ta’surot qoldirdi va ularning qalbida yana bir bor Vatan tuyg‘usini jo etdi.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy devoni mas’ul ofitserlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Bolalar psixologiyasi markazi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari, 30-sonli Mehribonlik uyi pedagog jamoasi va tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirlarning so‘nggisi futbol musobaqasi bilan yakuniga yetdi. Bolajonlar o‘z tengqurlari bilan miriqib to‘p tepib, bir olam zavqqa to‘lishdi.  

Va nihoyat osh tanlovining palovlari ham dasturxonga tortildi. Bayram dasturxonida bolajonlar biri ikkinchisidan ma’zali bo‘lgan oshlarni iste’mol qilib, bayram kayfiyatini his etishdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/n4H6uYFOP4s?si=wblIrUOFI2mCyUbx" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, Anvarxo‘ja Ahmedova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehribonlik uylarida bayram — vatanparvarlik va milliy taomlar ko‘rgazmasi (+video)