Yurt himoyasi yo‘lida jasorat ko‘rsatmoq har bir er yigitning burchidir asli. Vatanga sadoqat bilan jon fido qilgan ajdodlarimiz tariximiz zarvaraqlariga ulug‘ xotira bilan muhrlangan va bugungi kunlarga ibrat timsolidir.

Shunday ajdodlarimizdan biri Jaloliddin Manguberdi XIII asrdagi mug‘ullar bosqiniga qarshi kurashgan, jasorat va vatanparvarlik timsoliga aylangan sardorlardan biri bo‘lgan.

Bugun — 30 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining oliy harbiy mukofoti — “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan.

Bu orden bilan yurt himoyasi yo‘lida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan, davlatning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondonlik tarkibidagi harbiy xizmatchilar mukofotlanadi.

2000 yilda ta’sis etilgan orden 925 probali kumushdan yasalgan bo‘lib, beshburchak shakldagi qirrali nurlar ichida, markazda — buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining zarhal tasviri joylashgan. Bu obraz — Vatan uchun kurash, matonat va ozodlik ramzidir.

Mazkur orden tarixiy xotirani asrash, milliy iftixor va harbiy sharafni e’zozlash ifodasidir.

Bu sana — Vatanga xizmat qilish iftixorini ulug‘lovchi tarixiy kunlardan biri sifatida muhimdir. 

A.RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yurt himoyasi yo‘lida mardlik va jasorat ulug‘lanadi