"Sirdaryoda biznes qiling" xalqaro investitsiya forumi doirasida Sirdaryo viloyati hokimining raqamlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Oybek Anvarov hamda Oman Sultonligining "Rihal" kompaniyasi bosh direktori Azzan AI Kindi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu kelishuv Sirdaryo viloyatida raqamli iqtisodiyot yo‘nalishida yangi imkoniyatlarni ochishi, IT sohasida mahalliy kadrlar uchun keng imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatlidir. Memorandumga ko‘ra, yaqin kelajakda viloyatda malakali dasturchilarni ish bilan ta’minlash, shuningdek, "Rihal"  kompaniyasining to‘laqonli filialini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, mazkur hamkorlik doirasida Oman davlatining yirik IT va BPO (Business Process Outsourcing) yo‘nalishida faoliyat yurituvchi kompaniyalarini ham viloyatga jalb qilish ko‘zda tutilgan. Bu esa Sirdaryoda raqamli texnologiyalar bozorini rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion xizmatlar turini kengaytirishda muhim qadam bo‘ladi.

Ma’lumot uchun shuni aytish mumkinki, "Rihal"  kompaniyasi bosh ofisi Oman Sultonligida joylashgan.  Mazkur kompaniya raqamlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida xalqaro miqyosda tan olingan yetakchilardan  biri hisoblanadi. Kompaniya turli mamlakatlarda raqamli xizmatlar ko‘rsatish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va IT infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha keng tajribaga ega.

Ana shunday yirik kompaniyaning Sirdaryoda faoliyat boshlashi viloyatning investitsion jozibadorligini yanada oshirishi, yoshlar uchun zamonaviy kasbiy bilim va malaka egallash imkoniyatlarini kengaytirishi shubhasiz.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda IT salohiyati kengaymoqda: Omanning "Rihal" kompaniyasi filial ochadi