Bolgariya poytaxti Sofiya shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining medallai 4 ta oltin, 1 tadan kumush va bronzaga yetdi.
Jumladan, musobaqaning uchinchi kungi bellashuvlarida -73 kg. vazndagi dzyudochimiz Sa’dulla Ravshanov bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, vazni -81 kg. bo‘lgan Inomjon Bahodirov so‘nggi hal qiluvchi final bellashuvida gruziyalik Giorgi Mumladzeni ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi va jahon chempioniga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida: bugun, 30 avgust kuni jahon chempionatining 4-kunida qizlar -70 va +70, o‘g‘il bolalar -90 hadma +90 kilogramm vazn toifalarida bahs olib boradi. Unda quyidagi dzyudochilarimiz ringga ko‘tariladi:
Qizlar:
+70 kg: Zarina Bobonazarova – Mariya Cherkeliyeva (Bolgariya);
Umida Nig‘matova – Astan Frasachko (Farnsiya):
Og‘il bolalar:
-90 kg: Musulmonqul Ahrorov – Mayus Petrauskas (Litva);
+90 kg: Alibek Durdiyev – Abel Szekeresh (Vengriya).
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA