Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan “Huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi qonun manfaatdor tashkilotlar, ekspertlar, olim va mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi.

Qonun muhokamasi jarayonida ta’kidlanganidek, keyingi  yillarda yangi tartib-taomillarni hayotga joriy etishdan oldin ularni cheklangan holda (muayyan hududda yoki shaxslar, tashkilotlar doirasida) huquqiy eksperiment (tajriba-sinov) tarzida qo‘llash amaliyoti kengayib bormoqda.

“Huquqiy eksperiment” tushunchasi, uni o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning 34-moddasida belgilangan. Qonun bilan huquqiy eksperiment natijalari bo‘yicha xarajatlar va daromadlar tahlili, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy natijalar prognoz qilinishi qayd etilgan.

Ta’kidlash lozimki, huquqiy eksperiment instituti qonunda qayd etilgan bo‘lsa-da, uni o‘tkazish bilan bog‘liq ijtimoiy-huquqiy munosabatlar kompleks tarzda tartibga solinmagan. 

Jumladan, eksperiment o‘tkazish shartlari va davomiylik muddati, huquqiy eksperiment joriy etish mumkin bo‘lmagan sohalar, huquqiy eksperimentning yuqori turuvchi qonunlarga nomuvofiq bo‘lganda tartibga solinishi, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozlar hamda ma’muriy hujjatlarning eksperiment tugaganidan keyin amal qilishi yoki qilmasligi yoxud javobgarlik masalalari tartibga solinmagan.

Bugungi kunga qadar davlat boshqaruvi, saylov, soliq, sog‘liqni saqlash, yuridik xizmatlar, uy-joy va kommunal, investitsiya, xususiy mulk himoyasi, yoqilg‘i-moylash kabi sohalar va tarmoqlarda 60 dan ortiq eksperiment o‘tkazilgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ularning barchasi ham dolzarb emas.

Eksperiment tartibida qabul qilingan hujjatlarning barchasida ularning samaradorligini baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari va prognozlari, 23 tasida esa huquqiy eksperimentni yakunlash muddatlari mavjud emas.

Qonun yuqorida qayd etilgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, tegishli chora-tadbirlarni belgilashga yo‘naltirilgan.

Qonun bilan eksperiment o‘tkazish muddatlari, eksperiment o‘tkazish mumkin bo‘lmagan sohalar, eksperiment o‘tkaziladigan hududni belgilash shartlari, huquqiy eksperiment o‘tkazish shakllari va usullari, shuningdek, huquqiy eksperiment natijalarini baholash tartibi va natijalarni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar belgilanmoqda.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqiy eksperiment natijalarini baholash tartibi belgilanadi