O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni bilan O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Davlat Djaz orkestri badiiy rahbari Mansur Tashmatov "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.

Mansur Tashmatov chin ma’noda estrada janrida faxriy ustoz darajasini olgan insondir. Bugungi kunda uning ko‘plab shogirdlari jumladan, Sevara Nazarxon, Larisa Moskalyova, Diana Ziyatdinova, Svetlana Sa’diyeva, “Djazirama” jaz-rok guruhi artistlari respublikamiz balki jahon estrada san’ati olamida tanilib, o‘z o‘rniga ega bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ustoz sifatida Mansur Tashmatov o‘ziga xos uslublarni ilmiy yo‘nalishda qo‘llab, nazariy darsliklarni chop etishga erishganini alohida e’tirof etish mumkin. Uning so‘nggi yillarda yaratgan konsert dasturlari o‘zbek va chet el estrada qo‘shiqchilari tomonidan o‘zbek, rus, ingliz, italyan va boshqa tillarda katta mahorat bilan ijro etib kelinmoqda.

Mansur Tashmatov 2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik ko‘krak-nishoni bilan taqdirlangan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hkvL5R0qsDQ" title="Mansur Tashmatov: &quot;Mukofot bu - mas’uliyat!&quot;" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mansur Tashmatov: "Mukofot bu - mas’uliyat!" (+video)