“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

–Hozirgi murakkab vaziyatni hisobga olib, mustaqilligimizni, yurtimizdagi tinchlik, millatlar va dinlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash uchun kelgusida ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz, – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning tashqi siyosat borasidagi pozitsiyasini yana bir bor ta’kidladi.

Eng avvalo, Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimiz sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqiladi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti mamlakatlari bilan an’anaviy keng qamrovli va strategik sheriklik aloqalari yanada kengaytiriladi.

AQSH, Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik rivojlantiriladi, keng ko‘lamli sheriklik va amaliy aloqalar mustahkamlanadi.

Janubiy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq, Afrika mintaqasidagi mamlakatlar bilan yangi va istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun transport-logistika yo‘laklarini yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning tashqi siyosat borasidagi pozitsiyasini yana bir bor ta’kidladi