Odil sudlovga erishish uchun sud ishlarini to‘liq raqamlashtirish, inson omilini kamaytirib, sun’iy intellektdan keng foydalanish borasida faol ish olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida bu haqda ma’lum qildi.

Iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha sud binosiga borib o‘tirishga hojat qolmaydi – taraflar sudda onlayn ishtirok etadi, sudlarda ochiqlik, oshkoralik ta’minlanadi.

Qisqacha aytganda, mamlakatimiz “raqamlashgan va adolatli sud davri” ostonasida turibdi.

Oxirgi uch yilda sudlangan shaxslarning 70 foiziga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi. Uch mingga yaqin fuqaroga esa oqlov hukmi chiqarildi. Jazo muddatini o‘tayotgan va tuzalish yo‘liga qat’iy kirgan 3 mingdan ziyod yurtdoshimiz afv etildi.

–Bunday tarixiy qadamlar vaqtinchalik kampaniya emas, balki davlat siyosati darajasidagi uzluksiz jarayondir. 

Biz “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya asosida bu ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga olib chiqamiz.

Xalqimiz farovonligiga salbiy ta’sir qilayotgan korrupsiya, monopoliya, byurokratiya, dabdababozlik, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashni keskin davom ettiramiz, – dedi Prezident.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz “raqamlashgan va adolatli sud davri” ostonasida turibdi