Shu yilning o‘zida yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

–Biz Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari o‘rtasida kimyodan ikkinchi, matematika va iqtisodiyotda uchinchi, AT va geografiya bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallagan o‘g‘il-qizlarimiz timsolida bo‘lg‘usi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolarni ko‘ramiz.

Saflari tobora kengayib borayotgan bunday intiluvchan, iste’dodli yoshlar – Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi, g‘ururimiz timsolidir. 

Bugungi unutilmas damlarda men butun O‘zbekiston yoshlariga qarata aytmoqchiman.

Aziz farzandlarim, doimo yodda tuting: baxt – intilganniki, g‘alaba – kurashganniki. Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi.

Hamisha oldinga qarab intiling, bahodir o‘g‘lonlarim, oqila qizlarim!

Sizlarning ezgu ishlaringizda Vatan, xalq, Prezident barchangizga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladi,– dedi Prezident.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Baxt – intilganniki, g‘alaba – kurashganniki. Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi