Bugungi yoshlarimizning ovozi, g‘oya va tashabbuslari, kuch-g‘ayrati barcha soha va tarmoqlarga chuqur kirib bormoqda. Ular xalqimizning necha yillik orzu-armonlarini real haqiqatga aylantirmoqda.

Davlatimiz rahbari “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida buni alohida qayd etdi.

Futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz mamlakatimiz tarixida ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, 34 yillik orzu-umidimizni ro‘yobga chiqardi. 

Talaba-yoshlarimiz esa Xalqaro yozgi universiada o‘yinlarida 116 ta davlat orasida ilk bor birinchi o‘n beshtalikka kirdi, Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi. 

Ushbu bayram arafasida 19 va 22 yoshli bokschilarimiz Osiyo chempioni degan yuksak unvonga sazovor bo‘lib, o‘zbek boks maktabining shuhratini dunyoga yana bir bor namoyon etdi.

–Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, O‘zbekistonni chinakam sport mamlakatiga aylantirish maqsadida istiqbolli o‘g‘il-qizlarimizga atab Toshkentda ulkan Olimpiya shaharchasini barpo etdik.

Mamlakatimiz tarixida birinchi marta zamonaviy ta’lim va bilim beradigan Futbol akademiyasi qad ko‘tardi.

Ishonchim komil, zamonaviy sport arxitekturasining noyob durdonasi bo‘lgan ushbu majmualar minglab bo‘lg‘usi chempionlarimiz uchun yuksak parvoz maydoniga aylanadi, – dedi Prezident.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz mamlakatimiz tarixida ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani yana bir bor e’tirof etildi