“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Sifatli ta’lim-tarbiya, aholi salomatligi kelgusi taraqqiyotimizni hal qiladigan eng muhim masala ekani ta’kidlandi.

So‘nggi sakkiz yilda xususiy sektor bilan birga bog‘chalardagi o‘rinlar ikki yarim millionga, qamrov 78 foizga yetkazildi. Yangi maktablar qurilgani, borlari kengaytirilgani hisobiga qo‘shimcha 1 millionta o‘quvchi o‘rni yaratildi.

Zamonaviy darsliklar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida maktab ta’limiga yangi mazmun, yangi sifat kirib kelmoqda.

Shu davrda oliy ta’limda ham keskin burilish yasalib, qamrov 9 foizdan 42 foizga yetkazildi. Ayniqsa, talabalarning 53 foizini xotin-qizlarimiz tashkil etayotgani alohida e’tiborga sazovor. 

Hozirgi vaqtda dunyodagi top oliygohlarda 2 mingdan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. Ulardan 750 nafari “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali davlat hisobidan o‘qimoqda.

–O‘tgan yili yurtimiz yoshlari TOP-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallagani barchamizni albatta quvontiradi. Ayniqsa, farzandlari dunyodagi eng nufuzli universitetlarda ta’lim olayotgan ota-onalarning xursandchiligini so‘z bilan ifoda qilib bo‘lmaydi,– dedi Prezident.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalarning 53 foizini xotin-qizlar tashkil etayotgani alohida e’tiborga sazovor