“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

O‘zbekiston dunyoga keng ochilganidan so‘ng xorijiy sayyohlar soni o‘tgan yili 10 million kishidan, turizm xizmatlari eksporti esa 3 milliard dollardan oshdi.

Tariximiz, milliy o‘zligimizni tiklash maqsadida bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy ziyoratgohi kabi ulkan va noyob majmualarda qurilish va obodonlashtirish ishlari yakuniga yetmoqda. 

–Ishonchim komil, xalqimizning ma’naviy salohiyatiga har tomonlama munosib bo‘lgan bunday betakror obidalar aholimiz va jahon jamoatchiligi uchun yangi va jozibador maskanlarga aylanadi.

Bu majmualar tadbirkorlarimizga sayyohlarni yanada ko‘proq jalb qilishda qo‘shimcha imkoniyatlar eshigini ochadi.

Yana bir maqsadimiz – halol ishlagan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga imkoniyatlarni ko‘paytirishdan iborat.

Shu sababli “Halol mehnat – xotirjam hayot va farovon jamiyat garovi” degan shior asosida “yashirin” iqtisodiyotni jilovlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz,– dedi Prezident.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy ziyoratgohi kabi ulkan va noyob majmualarda qurilish va obodonlashtirish ishlari yakuniga yetmoqda