“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlik iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, oldinga boshlovchi katta kuchga aylanganini ta’kidladi.
Keyingi sakkiz yilda yalpi ichki mahsulotimiz 2 karra oshib, o‘tgan yili 115 milliard dollarga, eksport hajmi 26 milliard dollarga yetdi. Yil yakuni bilan yalpi ichki mahsulotimiz 130 milliard dollar bo‘ladi.
Oltin-valyuta zaxiralarimiz tariximizda ilk bor 48 milliard dollardan oshdi. O‘tgan sakkiz yilda yurtimizga qariyb 130 milliard dollar xorijiy investitsiyalar kirib keldi.
Bularning barchasi islohotlar samarasi, taraqqiyotimizning mustahkam kafolati, nufuzli moliya institutlari va xorijiy kompaniyalarning yuksak ishonchi tufaylidir.
O‘zA