“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.
– “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu tamoyilga asoslangan Yangi O‘zbekiston g‘oyasi amalda qudratli harakatga aylandi.
Dunyodagi murakkab vaziyatga qaramasdan, iqtisodiyotimiz 6 foizdan yuqori sur’atlarda barqaror o‘sayotgani xalqimiz o‘zi tanlagan yo‘ldan dadil borayotganini ko‘rsatmoqda.
Yurtimiz aholisi yiliga o‘rtacha 700-800 mingga ko‘paymoqda. Mehnat bozoriga har yili 500-600 ming yosh kirib kelmoqda.
Buncha odamni o‘qitish, kasb-hunarli qilish, ularga ish topish o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmaydi. Buning uchun, muntazam ishlaydigan tizim, kafolatli investitsiya va infratuzilma kerak.
Shuni oldindan chuqur o‘ylab, biz bu yo‘nalishda aniq dasturlarni qabul qildik,– dedi davlatimiz rahbari.
O‘zA