Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari ko‘p millatli xalqimizni, xorijdagi vatandoshlarimizni Istiqlol bayrami bilan tabrikladi.
–Yangi O‘zbekiston g‘oyasi asosida boshlagan ulkan islohotlarimiz tufayli mustaqillik bergan huquq va erkinliklarni har bir yurtdoshimiz o‘z hayotida chuqur his qilib, bu imkoniyatlardan keng foydalanmoqda.
Aynan ana shu ulug‘vor g‘oya asosida biz uch ming yillik boy tarix va madaniyatimizni qaytadan idrok etdik.
Yurtimiz zaminidagi Birinchi va Ikkinchi Renessans an’analarini rivojlantirib, Uchinchi Renessans sari dadil amaliy qadamlar qo‘ymoqdamiz.
Ishonchim komil, bu yo‘lda Yangi O‘zbekiston davlati, Yangi O‘zbekiston jamiyati buyuk tariximizni yangi, yanada yuksak Uyg‘onish davri bilan bog‘laydigan mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi, – dedi Prezident.
O‘zA