Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Mana shu ezgu g‘oya ostida o‘tkazilayotgan Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalarida yurtdoshlarimiz kayfiyatida nafaqat xursandchilik, balki ertangi kunga, kelajakka bo‘lgan ishonch ko‘zga yaqqol tashlanmoqda.

Davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli farmoniga asosan turli sohalarda samarali mehnati, mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan katta hissasi uchun taqdirlangan yurtdoshlarimizga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirish marosimlari ham o‘zgacha bayram tusini olmoqda. Zero, nufuzli mukofotga loyiq ko‘rilgan insonlar shu Vatan, millat, xalq uchun fodoyilik bilan mehnat qilgan.  

[gallery-25035]

Oliy Majlis Senatida ham bir guruh yurtdoshlarimizga davlat mukofotlarini topshirish tantanali marosimi o‘zgacha shukuh va yuqori darajada tashkil etildi. 

Senat Raisi Tanzila Norboyeva hamda Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan taqdirlanganlarga davlat mukofotlarini va tegishli hujjatlarni topshirdi.

So‘zga chiqqanlar ta’kidlaganidek, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, yangilanish va bunyodkorlik jarayonlari natijasida xalqimiz farovonligi oshib, yurt ravnaqi tobora yuksalib bormoqda. Bugungi kunda barcha sohalardagi yutuqlar xalqimizning farovon hayotida o‘z ifodasini topmoqda.

Mukofotlanganlar davlatimiz rahbarining yuksak e’tibori va ishonchi uchun chuqur minnatdorligini, shuningdek, yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida yanada faollik bilan mehnat qilishga tayyor ekanini bildirdi.

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/X8NUevTRq28?si=k0zQrwMWlYqWOmp_" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Abduraimova,

N.Haydarov (surat),

N.Abduvoitov (video), 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatda Vatanimizning yuksak davlat mukofotlari topshirildi (+video)