Zamonaviy raqamli texnologiyalar bugungi kunda o‘quvchilar eng ko‘p qiziqadigan soha sanaladi. Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Digital Generation Uzbekistan” nodavlat ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Raqamli avlod – 2025” inklyuziv axborot texnologiyalari oromgohi tadbiri tashkil etildi.

Toshkent viloyatining so‘lim Bo‘stonliq tumanidagi “Renessans” oromgohida o‘tkazilayotgan ushbu ma’rifiy loyiha Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan ta’lim maskanlari, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab, umumta’lim maktablarining o‘quvchilarini bir joyda jamlagani, inklyuziv ahamiyatga egaligi bilan diqqatga sazovor bo‘ldi. 

–Bu yilgi oromgoh mashg‘ulotlarida asosan ikki yo‘nalishga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda, – dedi “Digital Generation Uzbekistan” nodavlat ta’lim markazi rahbari Azamat Jalolov. – Ishtirokchi-o‘quvchilarga dron texnologiyalari, dron operatorlariga oid batafsil bilim va ma’lumot beriladi. Bugun dronlar nainki harbiy, balki qishloq xo‘jaligi, kadastr kabi sohalarda ham faol qo‘llanilmoqda. Mashg‘ulotlarda dronlarning sun’iy intellekt bilan bog‘liqligiga ham katta ahamiyat qaratiladi. 

Darhaqiqat, bu yilgi “Raqamli avlod” inklyuziv oromgohining mashg‘ulotlari mahoratli mentorlar ishtirokida sun’iy intellekt, veb-dizayn, Digital art (komikslar va milliy kontentlar), DevOps, Dot net, Flutter, Vue js kabi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tayapti. 

[gallery-25015]

Mashg‘ulotlarda onlayn va oflayn formatda ilg‘or axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi 4 ming nafardan ortiq o‘quvchi-yosh ishtirok etmoqda. 

Joriy yilgi mavsum davomida robototexnika bo‘yicha respublika musobaqasi ham tashkil etilishi kutilmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, ustoz ijodkor Erkin Vohidovning “O‘zbegim” she’ri asosida animatsion tasviriy vositalar ham yaratilishi rejalashtirilgan. 

Madinabonu Qayumova – Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabning o‘quvchisi. U axborot texnologiyalari, ayniqsa robototexnikaga juda qiziqadi. 

– Biz ushbu oromgoh mashg‘ulotlari davomida raqamli texnologiyalarning mutlaqo yangicha yo‘nalishlarini, dron texnologiyalari, kod yaratish kabi mavzularni puxta o‘zlashtirmoqdamiz, – dedi Madinabonu Qayumova. – Bu yerda o‘zimiz kabi axborot texnologiyalariga qiziqadigan ko‘plab do‘stlar orttirdik. Bilimlarimiz boyimoqda. O‘ylaymanki, kelgusida robototexnika sohasida mutaxassis bo‘lishimda mazkur oromgoh mashg‘ulotlarida o‘rgangan bilimlarim juda kerak bo‘ladi. 

Oromgoh mashg‘ulotlari musobaqalar tarzida o‘tkazilayotgani bilan ahamiyatli. 

Shuni ham aytish kerakki, “Raqamli avlod” loyihasi 2019 yildan buyon muntazam tarzda o‘tkazib kelinadi. Ushbu loyiha XXI asrdagi eng talab katta bo‘lgan sohalardan biri – axborot texnologiyalarini o‘rganish istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatli. E’tiborga molik jihati, hozirgi kunda ushbu loyihaga 30 ming nafardan ortiq o‘quvchi-yosh qamrab olingan. 

Nazokat Usmonova, O‘ktam Hayitov, Doniyor Yakubov (surat, video), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Raqamli avlod – 2025” inklyuziv oromgohi – o‘quvchilar orzusidagi loyiha