Mustaqillik bayrami arafasida Prezidentimizning farmoniga asosan Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi 105 yoshli Mehrinisa aya Usmonova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Mukofotni Toshkent viloyat hokimi Z.Mirzayev tantanali tarzda topshirdi. Shu bilan birga esdalik sovg‘alari ham ulashildi.

Mehrinisa aya xonadonidagi davra suhbatida qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilgan Mehrinisa aya o‘z taassurotlarini aytib berdi. Bugun bir asrdan ziyod umrni ortda qoldirib, farzandlar, nevaralar va chevaralar davrasida tinch va osoyishta hayot kechirayotgan Mehrinisa ayaning quvonchi cheksiz. U Prezidentimizga o‘z minnatdorligini bildirib, viloyat vakillarini duo qildi. 

*** 

Bayram arafasida Angren shahrida qator yangi ijtimoiy va iqtisodiy ob’ektlar ishga tushirilib, aholi uchun munosib tuhfaga aylandi. Jumladan, “Jadidlar avlodi” nomli 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda “Wunderkind” nomli 160 o‘rinli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat bog‘cha foydalanishga topshirildi. 

Shuningdek, G‘afur G‘ulom va Yangi bog‘i surx mahallalarida ikkita maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, Rossiya bilan hamkorlikda yangi loyiha ishga tushirildi. Bu yerda yiliga 180 ming dona mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Korxonada jami 750 ta ish o‘rni yaratilib, hozirda 300 nafar ayol mehnat qilmoqda. 

Shu bilan birga, Navbahor, Mirzo Ulug‘bek mahallalarida “Zamonaviy mahalla markazi” tashkil qilinib, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratildi. 

*** 

Zangiota tumanidagi yopiq suzish havzasida sportning suzish turi bo‘yicha “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi raisi kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

Dastlab O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva hamda viloyat hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Normirzayeva tadbirni ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi. Musobaqada Toshkent viloyatining tuman-shaharlardan 66 nafar xotin-qizlar faollari ishtirok etdi. 

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi raisi kubogi” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

A.Musayev,O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda