O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida Prezidentimiz farmoniga binoan, taniqli shoirlar – O‘zbekiston xalq shoirlari Muhammad Yusuf va Rauf Parfi vafotidan so‘ng yuksak davlat mukofoti – “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva ushbu mukofotlarni ijodkorlarning xonadoniga tashrif buyurib, oila a’zolariga tantanali tarzda topshirdi. Bu tashabbus nafaqat yirik adiblarning xizmatlariga berilgan munosib baho, balki mustaqil O‘zbekiston madaniyatining ruhiy poydevoriga hurmat ifodasidir.

Xonadonlarga tashrif davomida ularning yaqinlariga O‘zbekiston ilm-fani, adabiyoti va madaniyatini rivojlantirishga, jamiyatda mehr-oqibat, adolat va ma’naviy yuksalish tamoyillarini qaror toptirishga qo‘shgan hissasi uchun hurmat va minnatdorchilik bildirildi. 

[gallery-25011]

Shu bilan birga, mukofotlanganlarning oila a’zolari mamlakat Prezidentiga ushbu ijod ahlining yorqin namoyondalarining mehnati va xizmatlari yuksak baholangani, mamlakatimizda avlodlar madaniyati xotirasiga e’tibor va g‘amxorlik ko‘rsatilyotgani uchun tashakkur bildirishdi. 

Shoirlarning vafotidan so‘ng davlat mukofoti bilan taqdirlanishi faqat bir marosim emas. Bu ma’naviyatga, adabiyotga, millat ruhini tarbiyalagan so‘z san’atkorlariga berilgan eng oliy e’tirofdir. Ushbu mukofot orqali nafaqat adiblar, balki ular tarbiyalagan butun bir avlod, ularning she’rlari bilan ulg‘aygan yurt farzandlari ham qadrlanmoqda.

Muhammad Yusuf va Rauf Parfi – ikki xil yo‘ldan borgan, lekin bir maqsadga yetgan ikki yirik ijodkor. Ular o‘z she’riyati orqali mustaqil O‘zbekiston madaniy tafakkurining ruhiyatini yaratdi. Bugun ular ijodi darsliklarda, qo‘shiqlarda, xalq og‘zida yashamoqda, bu esa abadiylikning haqiqiy mezonidir.

Dildora DO‘SMATOVA, Asliddin Alijonov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy g‘urur va ma’naviyat kuychilari Muhammad Yusuf va Rauf Parfi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi