Namangan viloyatida eng ulug‘, eng aziz ayyom – Vatanimiz Mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi bayrami arafasida bir qator infratuzilma ob’ektlari foydalanishga topshirilmoqda. Jumladan, Davlatobod tumanida barpo etilayotgan Yangi Namangan shaharchasi hududida qurib bitkazilgan Namangan davlat universitetining innovatsion fakulteti tantanali ravishda ochildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida Namangan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shavkat Abdurazzoqov, respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi, senator Ikromxon Najmiddinov Yangi O‘zbekistonda ta’lim sohasining barcha bo‘g‘inlarini tubdan isloh qilish borasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini berayotganligini ta’kidladi. 

[gallery-25019]

Bundan sakkiz yil avval Namangan viloyatida uchta oliygohda 11 ming talaba tahsil olgan bo‘lsa, 2025 yilda to‘rtta davlat va beshta nodavlat, jami to‘qqizta oliygohda o‘qiyotgan talabalar soni 89 mingga yetdi.

Ikki ming sig‘imga ega bo‘lgan yangi binoni qad rostlashi uchun 91,2 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Mazkur zamonaviy inshootda ikki ming o‘rinli o‘quv auditoriyalari va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari jihozlari bilan ta’minlangan xonalar, 400 o‘rinli anjumanlar zali mavjud. Asosiysi, endilikda universitetdagi ta’lim jarayonlari ikki smenadan bir smenaga o‘tishi uchun shart-sharoit yaratildi. Muhtasham o‘quv binosini belgilangan muddatda va yuqori sifat bilan barpo etib, foydalanishga topshirgani uchun “Bunyodkor Mubosher” mas’uliyati cheklangan jamiyat quruvchilariga minnatdorlik bildirildi. 

– O‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan oliygohimiz bugungi kunda respublikadagi yirik oliy ta’lim maskanlaridan biri hisoblanadi. Hozirda 18 ming 483 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularga puxta ilm berish uchun 610 nafar professor-o‘qituvchi mas’ul. Ilmiy salohiyat darajasi ham shunga yarasha bo‘lib, 47,7 foizni tashkil etadi. Universitet dunyoning 50dan ziyod davlatidagi 160 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Yangi kulliyotga innovatsion fakultet nomi berilishi ham bejiz emas. Unda “startap” markazlari, talabalarning kreativ g‘oyalarini amalga oshirish uchun texnopark, yangi tadqiqot laboratoriyalari faoliyat yuritadi. Bu o‘z navbatida, universiteti nafaqat ta’lim maskani, balki yangi g‘oyalar va ilmiy yutuqlar fabrikasi sifatida ham taraqqiy etishi rejalashtirilgan, – deydi Namangan davlat universiteti rektori, tarix fanlari doktori, professor Abdug‘affor Qirg‘izboyev. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitetning innovatsion fakulteti foydalanishga topshirildi