Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot, qabul qilinayotgan har bir qaror mustaqil taraqqiyot va xalq manfaatlariga xizmat qiladi.

Bu borada Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholi murojaatlarini samarali hal etish, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida ko‘plab tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. 

Adliya tizimi vakillari ishtirokida aholi ehtiyojlari va talablarini o‘rganish va muammolarga ijobiy yechim topishda joylarda rahbarlar bilan jonli muloqotlar, sayyor qabullar, onlayn murojaat hamda takliflar qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, hal etilmoqda. Bu esa inson qadri uchun xalq manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga, muammolarni joyida hal qilishga imkoniyat yaratmoqda. 

O‘tgan vaqt davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar alohida nazoratga olingan holda o‘rganilishi natijasida 6 ming 134 ta murojaatning 5 ming 961 tasi hal qilinishi, shu jumladan, 4 ming 255 tasi qanoatlantirilishi va 1 ming 706 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilishi ta’minlandi. Tahlillarga ko‘ra, tuman-shahar Davlat xizmatlari markazlariga 1 million 101 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Shundan 618 mingdan ortig‘i elektron tartibda amalga oshirildi. 

Ayniqsa, olis, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish maqsadida muntazam sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Shu kungacha 48 mingdan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. FHDYO bo‘limlarida 31 mingdan ortiq tug‘ilish, 7 mingdan ziyod nikoh, 2 mingdan ortiq ajrim qayd etildi. 

Shuningdek, otalikni belgilash, farzandlikka olish hamda dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartish kiritish ishlari amalga oshirildi. Yurtimizda yoshlarni huquqiy bilimlar bilan chuqur ta’minlash, ularda qonunga hurmat va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Shu maqsadda Toshkent viloyatidagi ta’lim muassasalarida “Huquqiy sinflar” tashkil etildi. Mazkur tashabbus doirasida o‘quvchi-yoshlarga amaldagi qonunchilik, fuqarolik jamiyati asoslari, huquq va majburiyatlar, davlat xizmatlari tizimi haqida atroflicha bilimlar berilmoqda. Darslar zamonaviy interaktiv usullarda, hayotiy misollar va huquqiy holatlar tahlili asosida olib borilmoqda. 

Bugun tuman va shahar adliya bo‘limlari tomonidan amalga oshirilayotgan “Huquqiy mahalla” loyihasi muhim natijalarni ko‘rsatmoqda. Soha mutaxassislari joylarda “mahalla yettiligi” a’zolari hamkorligida targ‘ibot tadbirlari olib borib, fuqarolarning kundalik hayotdagi muammolari “Huquqiy mahalla” platformasiga kiritilmoqda. Aniqlangan muammolarning har biri adliya organlari mas’ullari tomonidan o‘rganilib, aholining qonuniy manfaatlari ta’minlanishi yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi. 

Shu bilan birga, boshqarma tomonidan milliy qadriyatlar, urf-odatlarni asrash, xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish hamda adliya organlari va muassasalari xodimlari orasida milliy g‘urur, o‘zlikni anglash va estetik didni yuksaltirish maqsadida yangi tashabbus ham yo‘lga qo‘yildi. 

Endilikda tuman va shahar Davlat xizmatlari markazlari, FHDYO bo‘limlarida xizmat ko‘rsatayotgan barcha xodimlarga haftaning dushanba kuni milliy an’anaviy kiyimlarda ishga kelishlari tavsiya etildi. Mazkur tashabbus boshqarma va uning tizimidagi tashkilotlarda ijobiy ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, xizmat jarayonida milliy urf-odatlarimizning uyg‘unligi va zamonaviylikni namoyon etishga xizmat qilmoqda. 

Bu faqatgina milliy libos kiyish emas, balki xodimlarda o‘zligini anglash, milliy g‘urur va yurtga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy harakat sifatida ahamiyatlidir. Adliya organlari faoliyatida asosiy maqsad inson qadrini ulug‘lash, xalq manfaatlarini ta’minlash va qonun ustuvorligini hayotga tatbiq etishdir. 

Abdumutalib Dadajonov, 

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i. 

O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qonunga hurmat va mas’uliyat milliylikda namoyon bo‘lmoqda