Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi muhim shartlardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti boshlig‘i Otabek Ismoilov bilan sud tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbatlashdik. 

– Fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash uchun mustaqil sud tizimini yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi. Shu maqsadda mustaqillik yillarida sud-huquq tizimi tubdan takomillashtirildi. 

2017 - 2025 yillarda Oliy sud tomonidan 280 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, sud tizimiga oid 65 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. 

Bu hujjatlar bilan “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimi shakllantirildi. Xalqimiz, shu jumladan, tadbirkorlarning sud himoyasiga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlab kelinmoqda.  

– Davlat organlari qarorlari va ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning sudga shikoyatlari qanday ko‘rib chiqilmoqda? 

– Bu huquq konstitutsiyaviy darajada kafolatlangan. Uni amalda ta’minlashga xizmat qiladigan ma’muriy sudlar tashkil etildi. Bu fuqarolar va tadbirkorlarning sud himoyasiga erishish darajasini yanada oshirdi.

Misol uchun, 2017-2024 yillarda ma’muriy sudlar tomonidan 102 mingdan ortiq ish ko‘rilgan bo‘lsa, shundan 61 mingga yaqin yoki 60 foiz talablar qanoatlantirilgan. O‘tgan yilning o‘zida ushbu ko‘rsatkich 41 foizni tashkil etdi. 

Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etildi. 2017 yilga qadar xo‘jalik sudlari faqat viloyat darajasida faoliyat ko‘rsatgan. Ayrim tumanlar sud binosidan uzoq masofada joylashgani sababli tadbirkorlar da’vo arizasini bergan paytdan nizo sudda ko‘rib chiqilguniga qadar viloyat markaziga bir necha marotaba qatnashga majbur bo‘lgan. Bu esa, ularning moddiy xarajat va ortiqcha vaqt sarflashlariga sabab bo‘lgan.

Tashkil etilgan iqtisodiy sudlar joylashuvi uzoq hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud himoyasiga erishish darajasini oshirdi.

– Xususiy mulk himoyasi va daxlsizligini ta’minlash borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 

– Xususiy mulk himoyasi va daxlsizligini sud orqali himoyalash kuchaytirildi. Xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklashni nazarda tutuvchi, mulkiy munosabatlarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini to‘liq joriy etishga to‘sqinlik qiluvchi tartiblar, talablar va cheklovlar bekor qilindi.

Jumladan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan hujjatlarni, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini ularning o‘zi yoki yuqori turuvchi organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan, prokuror protesti asosida bekor qilish yo‘li bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tugatish amaliyotiga chek qo‘yildi. 

Ushbu hujjatlar faqat sud tomonidan bekor qilinadi yoki haqiqiy emas, deb topiladi. 

– Sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlari qanday samara bermoqda? 

– Sud qarorlarining uzil-kesil adolatli bo‘lishi uchun ularni qayta ko‘rish bosqichlari mavjud. Bu keyingi yillarda takomillashtirilib, viloyat darajasida ishlarni qayta ko‘rishning yangi bosqichlari (kassatsiya, taftish instansiyalari), Oliy sudda esa, taftish instansiyasi joriy etildi. Ushbu islohot 2024 yil 1 yanvardan e’tiboran amaliyotga tatbiq etildi. Bu bilan fuqarolarga viloyat darajasida ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiyada va taftish tartibida, Oliy sudda taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish imkoniyati yaratildi.

Bunda, yuqori instansiya sudlari tomonidan ishni yangidan ko‘rish uchun quyi sudlarga yuborish tartibi bekor qilindi va ularga ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish mas’uliyati yuklandi.

Islohot natijasida sud ishlarini ko‘rishning o‘ta markazlashtirilishiga barham berildi. Har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatilgani aholining ortiqcha vaqt va xarajatlari tejalishiga olib keldi.

– Sudlarni raqamlashtirish ishlari qay darajada? 

– Sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda adolatni, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash uchun “Elektron odil sudlov” tizimi yaratildi. 

Sudyalar o‘rtasida ishlarni inson omilisiz, avtomatik ravishda taqsimlash, sudlarga elektron murojaat va sud hujjatlarini taraflarga elektron shaklda yuborish, sud majlislarini audioyozuvda qayd etib borish, sud qarorlarini Internet tarmog‘ida e’lon qilish, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish kabi zamonaviy yondashuvlar natijasida odil sudlov samaradorligiga erishilmoqda.

Sudlarning axborot tizimi bilan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumotlarni elektron shaklda olish tartibi amaliyotga joriy etilib, ular bilan ma’lumotlar almashinuvi 100 foiz raqamli shaklga o‘tkazildi.

Oliy sudning Interaktiv xizmatlar portali ishga tushirilib, u orqali fuqarolarga 49 turdagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda. 

Unda sudlarga elektron shaklda murojaat qilish, sud xarajatlarini elektron tarzda to‘lash, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari bilan tanishish, ishlar holatini onlayn kuzatib borish, sud chaqiruv qog‘ozini elektron olish, sud majlisi jadvali bilan onlayn tanishib borish, dunyoning istalgan nuqtasidan turib sud majlislarida mobil videokonferensaloqa tizimi orqali ishtirok etish kabi interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yildi. 

Ayni paytda sudlar faoliyatiga fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, sud hujjatlari loyihalarini avtomatik tayyorlash va sud amaliyotini tahlil qilish yo‘nalishida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

– Sudlar faoliyati ochiqligini ta’minlash borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirildi? 

– Sudlar faoliyati haqida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida har chorakda viloyat sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan brifinglar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Qabul qilingan sud hujjati o‘qib eshittirilganidan so‘ng uning mazmun-mohiyati sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirilmoqda. Sudlar chiqargan qarorlar Oliy sud veb-saytida muntazam ravishda e’lon qilib boriladi. 

Oliy sudda Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi hamda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda matbuot xizmatlarining tashkil etilgani aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va sud hokimiyatining ochiqligini oshirish yo‘lida ko‘rilgan muhim chora bo‘ldi.

Jamoatchilikni har chorakda sudning faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib borish tartibi joriy etildi.

Konstitutsiyada belgilangan sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini yanada mustahkamlash maqsadida sudlar raislarining xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etishi haqidagi qoida bekor qilindi.

Ushbu islohot natijasida odil sudlovning davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlaridan mustaqil holda ish yuritishiga oid demokratik prinsip amalda ro‘yobga chiqdi. 

– Sud ishlarini yuritishda amaliyotga yangi institutlar kiritildi. Bu qanday natija bermoqda? 

– Jinoyat protsessida yarashuv instituti kengaytirildi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari lavozimlari kiritildi. Jinoyat ishi bo‘yicha – dastlabki eshituv, fuqarolik va iqtisodiy sudlarda – sudgacha majlis, soddalashtirilgan tartibda ish yuritish, mediatsiya institutlari joriy qilindi.

Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, jinoyat ish yurituvida insonparvarlik tamoyillari asosida “Xabeas korpus” institutini yanada keng tatbiq etish maqsadida 2025 yil 1 yanvardan tergov sudyalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

Sudga qadar ish yuritish davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish hamda jinoyat ishini ko‘rib chiqish vazifasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarning vakolatiga berildi.

Tergov sudyasi institutining amaliyotga joriy etilishi tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga imkoniyat yaratdi. 

Oilani mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatida fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlarda oilaviy nizolarni ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar korpusini shakllantirish maqsadida 2024 yil 1 fevraldan tajriba tariqasida “Oila sudyalari” tashkil etildi.

Aytib o‘tish kerakki, qonun hujjatlarini amaliyotda bir xilda qo‘llash, yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida Oliy sud plenumi qarorlari qabul qilinadi. Keyingi ikki yilda bu borada 20 dan ortiq qaror qabul qilindi va muhim tushuntirishlar berildi. 

Xulosa qilib aytganda, sud sohasidagi islohotlar inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 

                                                                  O‘zA muxbiri

                                               Norgul Abduraimova

suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud tizimi – inson huquqlari himoyasini ta’minlovchi muhim institutga aylandi