So‘nggi yillarda O‘zbekistonning oziq-ovqat importi tarkibida xurmo mahsuloti salmoqli o‘rin egallay boshladi. Xurmo, asosan, urug‘idan ko‘kartirilgan niholga payvandlash yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Qumli, shag‘alli va sho‘r yerlarda o‘stirish qiyin. Bir tup daraxtdan 250 kilogacha hosil olinadi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar-iyul oylarida mamlakatimizga 17 ta davlatdan jami 12,6 ming tonna xurmo import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,9 ming tonnaga ko‘pdir. Import hajmi qiymat jihatdan esa 9 million AQSH dollariga teng bo‘lib, bu xurmoning nafaqat narxli, balki bozorda barqaror talabga ega mahsulotga aylanganini ko‘rsatadi.

Import hajmi ortishini bir qator omillar bilan izohlash mumkin. Avvalo, aholining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan qiziqishi, Ramazon oyi davomida xurmo iste’molining an’anaviy tarzda ko‘payishi, shuningdek, ichki bozorda xurmo yetishtirish hajmining pastligi.

Joriy yilning 7 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p xurmo yetkazib bergan davlatlar quyidagilar: Eron – 9,8 ming tonna, Tunis – 810 tonna¸Turkiya – 396 tonna, Saudiya Arabistoni – 245 tonna, Qozog‘iston – 230 tonna, Ozarbayjon – 224 tonna, BAA – 196 tonna va boshqa davlatlardan 624 tonna.

Diqqatga sazovor jihati shundaki, O‘zbekistonga eng ko‘p xurmo yetkazib bergan davlatlar orasida Eron – 9,8 ming tonna bilan yetakchilik qilmoqda. Saudiya Arabistonidan 245 tonna xurmo import qilingani O‘zbekistonda sifatli, brendli va diniy-ma’naviy ahamiyatga ega mahsulotlarga ham talab yuqoriligidan dalolat beradi.

Dildora DO‘SMATOVA

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda xurmo iste’moliga talab oshmoqda