Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida yo‘l haqini to‘lashning 10 dan ortiq turi joriy qilingan bo‘lib, elektron to‘lov tizimlari kengayib bormoqda. Ko‘plab bekatlarda chipta sotuvchi avtomatlashtirilgan bankomatlar ham o‘rnatilmoqda.

Shu bois, kassa operatorlariga bo‘lgan talab kamayib, ish o‘rinlari bosqichma-bosqich qisqartirilmoqda. Birinchi bosqichda 204 ta operator shtati qisqartirildi. Yil yakuniga qadar barcha bekatlarda bankomatlar o‘rnatilishi va operator lavozimlari butunlay tugatilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, "Toshkent metropoliteni" DUK ma’muriyati qisqartirilayotgan xodimlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda. Operatorlarga o‘z istaklariga ko‘ra kasb-hunar kurslarida qatnashish taklif qilinmoqda.

Kurslarda buxgalteriya, tikuvchilik, qandolatchilik kabi yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, o‘quv xarajatlari to‘liq metropoliten tomonidan qoplanadi.

Ushbu tashabbusdan asosiy maqsad lavozimi qisqartirilayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yangi kasb o‘rganish orqali barqaror daromad manbai yaratishda yordam berishdir.

Hamroz Bayanov,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent metrosida kassa operatorlari lavozimi bosqichma-bosqich tugatiladi