“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida navbatdagi hamkorlik amalga oshirildi.

Unga asosan kuni kecha “O‘zbekistonda kimyo texnologiyalari markazi salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida Koreyada doktorantura bosqichini davom ettiradigan 3 nafar stipendiat bilan shartnomalar imzolandi.

Dasturda ishtirok etuvchi yosh olimlar Koreyaning University of Science and Technology (UST) oliygohida tahsil olib, keyinchalik yangi tashkil etilayotgan UzCCTda faoliyat olib boradilar. Ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini mamlakatimiz kimyo sanoatida innovatsiyalar va barqaror rivojlanishga yo‘naltirishlari nazarda tutilgan.

Jamiyat axborot xizmatiga ko‘ra, 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan mazkur loyiha yurtimiz kimyo sanoati raqobatbardoshligini oshirish, zamonaviy ilmiy infratuzilmani yaratish hamda malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Loyiha amalga oshirila boshlaganidan buyon 11 nafar magistratura talabasi va 10 nafar PhD talabasi dastur ishtirokchisi sifatida tanlab olindi.

Ta’kidlash joizki, “O‘zkimyosanoat” AJ va KOICA hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha nafaqat yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish, balki mamlakatimiz kimyo sanoatida innovatsion yechimlar joriy etilishi va barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

N.Ziyodullayeva,
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zkimyosanoat” va KOICA hamkorligida yosh olimlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda