Eron va Yevropa uchligi – Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya vakillarining Jenevada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda sezilarli siljish sezilmadi, deb yozgan “Axios” portali manbalarga tayanib.

Voqea ko‘hna qit’a davlatlari tomonidan Islom Respublikasining yadroviy dasturi bo‘yicha belgilangan muddatdan 5 kun oldin sodir bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, AQSH bilan muzokarani qayta boshlash, BMT mutaxassislariga Isroil hujumi natijasida zarar ko‘rgan yadro inshootlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, qolgan 60 foiz boyitilgan uran zaxirasi yuzasidan qo‘yilgan talabni bajarish bo‘yicha Eron tomonidan aniq qadamlar taklif qilinmagan.

Muzokara jarayonida taraqqiyot yo‘qligi Yevropa davlatlari tomonidan agar 31 avgustgacha talab bajarilmasa, “Snapback” mexanizmini faollashtirish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. “Snapback” huquqiy mexanizmi 2015yilgi yadro kelishuvining bir qismi bo‘lib, BMT Xavfsizlik Kengashining Eronga qarshi sanksiyasi qo‘zg‘atilishini nazarda tutadi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jenevada Eron yadrosi bo‘yicha muzokara natijasiz yakunlandi