O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 30–31 avgust kunlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida keng ko‘lamli bayram sayllari va konsert dasturlari tashkil etiladi.
Poytaxt hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirlar uch vaqtda boshlanadi. Kunduzi soat 12:00 da Yunusobod tumanidagi "O‘zekspomarkaz" maydonida bayram dasturi start oladi.
Soat 18:00 dan esa bir qator tumanlarda ommaviy sayllar davom etadi. Jumladan, Bektemir tumanidagi "Coca Cola Garden" bog‘ida, Mirobod tumanidagi "Furqat" bog‘ida, Sergeli tumanidagi Markaziy xiyobonda, Olmazor tumanidagi "River park" maydonida, Uchtepa tumanidagi "ECO SEUL" bog‘ida, Chilonzor tumanidagi Dream Park (G‘afur G‘ulom bog‘i)da, Shayxontohur tumanida "Navro‘z" bog‘ida hamda Yangihayot tumanida "Yangi Darxon" MFY hududidagi maydonda bayram dasturlari o‘tkaziladi.
Kechki soat 19:00 da esa Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Central Park" (Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘i), Yashnobod tumanidagi "Ashxobod" istirohat bog‘i va Yakkasaroy tumanidagi "Do‘stlik" istirohat bog‘ida konsert dasturlari boshlanadi.
Tadbirlar davomida taniqli san’atkorlar, folklor jamoalari va yosh iste’dodlar ishtirokida konsertlar bo‘lib o‘tadi.
Hamroz Bayanov,
O‘zA