"O‘zenergoinspeksiya" axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent shahrida olib borilgan tezkor tadbir chog‘ida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “C.C.” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan yirik qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Shayxontohur tumanidagi mazkur kompaniyaga qarashli ikki ko‘p qavatli uyning gaz qurilmasi oldinroq qoidabuzarlik sababli tarmoqdan uzilgan. Biroq, belgilangan tartibga rioya etilmasdan, gaz ta’minoti o‘zboshimchalik bilan qayta ulangan va tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish davom ettirilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik tufayli elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 852 million so‘m zarar yetkazilgan. Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA