Dunyo bo‘ylab kulga aylanayotgan maydonlar aholini o‘z issiq joyini tark etib, boshqa xavfsiz hududlarga ko‘chishga majbur qilmoqda. Bunday hodisalarga, odatda, tabiiy ofat, deya ta’rif beriladi. Afsuski, bunday kulfatlarning barchasi ham tabiiy emas. Binobarin, aksar hollarda Ona tabiatning “bo‘yniga ilinayotgan” ayb insonning o‘ziga tegishli.

Masalan, o‘rmon yong‘inlarini olaylik. Yaqinda “Europa Press” axborot agentligi Ispaniya ichki ishlar vazirligiga tayanib, o‘rmon yong‘iniga qarshi kurash doirasida, ta’bir joiz bo‘lsa, “olovli qirollik”da 48 kishi hibsga olingani, 134 fuqaro joriy yil 1 iyundan buyon ayni jinoyatda gumonlanib, so‘roq qilinayotgani haqida xabar tarqatdi.

– Ispaniya Ichki ishlar vazirligi joriy yil yozda sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlariga aloqadorlik bo‘yicha hibsga olinganlar 48, Fuqarolik gvardiyasi va Milliy politsiya tomonidan tergov qilinayotgan shaxslar sonini esa 134 kishiga yetkazdi, – deyilgan nashr e’lon qilgan axborotda.

Ta’kidlanishicha, faqat iyun oyi boshidan buyon 36 odam qo‘lga olingan, 110 nafar gumonlanuvchiga nisbatan tergov boshlangan.

Politsiya ham 12 insonni vaqtincha qamagan. Ularning 24 nafariga nisbatan ayblov e’lon qilingan.

Avvalroq ushbu davlatda yil boshidan beri o‘rmon yong‘ini maydoni rekord darajaga chiqqani, jami 410 000 gektar zamin yuzasi alanga iskanjasida qovjirayotgani haqida ma’lum qilingandi. Bu raqam 2024 yilga nisbatan qariyb o‘n barobar yuqori.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rmon yong‘ini tabiiy ofatmi?