Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining barcha yetakchi nashrlari Podshoh Abdulloh II ibn Al-Husaynning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan mamlakatimizga qilgan davlat tashrifini batafsil yoritmoqda.

Maqolalarda tashrif doirasida o‘tkazilgan muzokaralar, imzolangan hujjatlar, O‘zbekiston – Iordaniya sammiti tafsilotlari bilan birga Iordaniya podshohining e’tirofi alohida ta’kidlanmoqda.

Masalan, Abdulloh II ibn Al-Husayn ikki mamlakat xalqlariga xizmat qilish maqsadida Iordaniyaning O‘zbekiston bilan hamkorligini kengaytirish istagi kuchliligini bildirgan:

– Men Prezident Janobi Oliylari Shavkat Mirziyoyev bilan juda sermazmun suhbatlashdim. Istiqbolli yo‘nalishlarda sheriklikni kengaytirish uchun bizda ulkan imkoniyatlar mavjud va erishilgan kelishuvlar maqsadlarimizga yetish yo‘lidagi muhim qadamdir. Ko‘rsatilgan samimiy mehmondo‘stlik uchun Prezident Janobi Oliylariga va O‘zbekiston xalqiga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Podshoh: Biz xalqlarimizga xizmat qilish uchun hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdormiz