Rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takeshi Ivaya boshchiligidagi delegatsiya 26 avgust kuni Samarqand shahrida bo‘ldi.

Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B. Usmonov va Samarqand viloyati hokimligi mas’ullari kutib oldi.

Yaponiyalik diplomat dastlab “SamAvto” zavodida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Mazkur korxonada 2007 yildan buyon "ISUZU Motors Ltd" kompaniyasi va "Itochu" korporatsiyasi bilan hamkorlikda “ISUZU” shassisi asosida avtobuslar va yuk mashinalari, maxsus texnikalar ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy, xalqaro standartlarga javob beradigan mazkur texnika vositalari ichki bozor bilan birga xorijga eksport qilinadi.

[gallery-24968]

Shundan so‘ng delegatsiya Samarqand tumanidagi “Bobur agro innovatsiya” fermer xo‘jaligida bo‘ldi. Bu yerda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ko‘magida ushbu davlatdan keltirilgan olma navlari parvarishlanmoqda. 

Takeshi Ivaya fermer bilan suhbat chog‘ida xo‘jalikda olma va uzum yetishtirishning o‘ziga xos tomonlari, qo‘llanilayotgan innovatsion uslublar bilan qiziqdi. Mahalliy va xorijdan keltirilgan olma navlarining turli xil ob-havo sharoitiga moslashuvchanligi va kasalliklarga chidamliligi, sifati, xaridorgirligiga e’tibor qaratildi.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Samarqanddagi tarixiy-madaniy yodgorliklarda ham bo‘lib, xalqimizning boy tarixi va madaniyati, ajdodlarimizning bunyodkorlik salohiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Samarqandga keldi