Davlatimiz rahbarining “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda raqamlashtirish jarayonlari jadallashtiriladi.

Sud ishlarini yuritishda qog‘oz shaklidan voz kechish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida ishlarning yuritilishi bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur texnik infratuzilma yaratiladi. 

Oliy sudning axborot tizimlari negizida sud hujjatlari arxivi moduli ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi. Sudlar faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha “Kiber huquq” yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi. Sudyalar va sud apparati xodimlarining raqamli savodxonligi va malakasi doimiy oshirib boriladi. 

“Raqamli sud” konsepsiyasini amalga oshirish doirasida sudga ariza berishdan oldin sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllantiriladi. Murojaatlar sudga elektron shaklda yuboriladi. Sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantiriladi.

2025 yil 1 dekabrdan fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasi ishga tushiriladi.

2025 yil yakunigacha sud hujjatlarini avtomatik tayyorlash maxsus axborot dasturi yaratiladi.

1 yil davomida QQS to‘lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibini buzganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi.

2026 yil 1 yanvardan “my.sud.uz” interaktiv xizmatlar portalida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish moduli joriy etiladi, bunda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchi yaratiladi. Huquqiy murojaatlarga javob berish hamda sud ma’lumotlari avtomatik yetkaziladi.

2026 yil yakunigacha fuqarolarga odil sudlovga erishishda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida 5 ta yangi interaktiv xizmat yo‘lga qo‘yiladi. Sudning axborot tizimidagi “Shaxsiy kabinet” platformasining foydalanuvchilar uchun yanada qulay bo‘lgan yangi versiyasi ishlab chiqiladi.

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudlarda sun’iy intellektdan foydalanish qanday natija beradi?