Sirdaryoda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun uy-joy taqsimoti va murojaatlarni samarali ko‘rib chiqish ishlari ustuvor vazifa sifatida olib borilmoqda. Joriy yilning birinchi yarim yilligida 152 nafar nogironligi mavjud va sharoiti og‘ir ahvoldagi ayollar uy-joy bilan ta’minlandi: 53 nafari kredit asosida, 85 nafari homiylik yo‘li bilan, 14 nafarga yer uchastkalarida uy qurib berildi.

Uy-joylar viloyat hokimligi, tuman-shahar hokimliklari, boshqarma va tashkilotlar hamda tadbirkorlar tomonidan taqsimlandi.

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 59 nafar bola uchun ham uy-joy ta’minoti belgilangan bo‘lib, shundan 43 tasiga shartnomalar tuzildi, 16 ta uy  rasmiylashtirish jarayonida. Xovos tumanidagi “Tinchlik” mahallasida 4 qavatli, 2–3 xonalik 24 ta xonadon 24 ta oilaga, Shirin shahridagi AmirTemur mahallasidagi 4 qavatli, 32 ta xonadon esa 32 ta oilaga topshiriladi.

Viloyatdagi eski binolarni ta’mirlash ishlari ham belgilangan.  Xovosda foydalanish muddati tugagan 2 ta ko‘p qavatli uyning o‘rniga qiymati 6,4 mlrd so‘mlik yangi 4 qavatli, 24 xonadonli uy qurilmoqda.

Aholi bilan muloqot samaradorligini oshirish maqsadida sirdaryoijro.uz ijro nazorati tizimi faoliyat yurityapti. Joriy yilning fevral oyidan buyon mazkur ijro nazorat tizimiga kelib tushgan murojaatlarning 73,4 foizi, ya’ni  7 437 tasi ko‘rib chiqilgan va ijobiy hal etilgan.

– Biroq joylarda o‘tkazilgan tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, aholi orasida boqimandalik holatlari hamon uchramoqda. Biz bu masalani deputatlar, mahalla faollari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda hal etmoqchimiz,– dedi  Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida ishtirok etgan viloyat rahbari Erkinjon Turdimov.  

Shuningdek, sessiyada uy-joy taqsimoti va ijtimoiy himoya masalalari hamda aholi bilan muloqot samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Erkinjon Turdimovning ta’kidlashicha, mazkur chora-tadbirlar aholi turmush tarzini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni mustahkamlash va barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Eng asosiysi, viloyat rahbarining yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti sessiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi farovonligi uchun ishlar jadallik bilan olib borilmoqda