Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan triatlon bo‘yicha "Challenge Samarkand-2025" xalqaro musobaqasining asosiy bahslari bo‘lib o‘tdi.

Keyingi paytda an’anaviy tus olgan bu yilgi musobaqada o‘ttizdan ortiq mamlakatdan ikki ming nafardan ziyod mahoratli, jahon reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi tiriatlonchi ishtirok etdi.

Professional va havaskor sportchilar  o‘rta masofaga 1,9 kilometr suzish, 86 kilometr velosiped poygasi, 21,5 kilometr yugurish bellashuvlarida kuch sinashdi.

Ishtirokchilar “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazi hududi, eshkak eshish kanali, shuningdek, “Boqiy shahar” majmusi va Samarqand shahrining tarixiy maskanlari bo‘ylab belgilangan masofalarni bosib o‘tdi.

Natijalarga ko‘ra, professional sportchilar bahsida erkaklar o‘rtasida Buyuk Britaniya sportchilari Vill Draper hamda Maks Stapley marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Uchinchi o‘rinni serbiyalik Ognyen Stoyanovich egalladi.  

[gallery-24932]

Ayollar bahsida ispaniyalik Sara Perez Sala g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar avstriyalik Amelia Vatkinson va shvetsiyalik Anna Bergstenga nasib etdi.

O‘zbekistonlik professional triatlonchilar mazkur bahslarda ishtirok etmadi.  

Havaskor sportchilar o‘rtasida ham yakkalik, jamoaviy va turli yosh toifasida g‘oliblar aniqlandi.

G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Challenge Samarkand-2025" g‘oliblari aniqlandi