Italiyaning Milan shahrida para kanoeda eshkak eshish bo‘yicha davom etayotgan jahon chempionati vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Dunyo birinchiligining VL3 dasturida final bosqichida ishtirok etgan hamyurtimiz To‘rabek Nazarqulov, marraga 47.28 soniyada yetib keldi va chempionatning kumush medali bilan taqdirlandi. Ushbu yo‘nalishda oltin va bronza medallari xitoylik Yi Pu hamda braziliyalik Jovanna Veyra de Paulaga nasib etdi.

Ma’lumot o‘rnida: bugun, 24 avgust kuni musobaqaning so‘nggi kunida terma jamoamiz a’zolaridan Irodaxon Rustamova (VL2), Shahzoda Mamadaliyeva (VL3), Oybek Yo‘ldoshev va Azizbek Abdulxabibov (har ikkalasi KL2) ham Xasan Qo‘ldashev (KL3) medallar uchun raqobatlashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
To‘rabek Nazarqulov Jahon chempionatida ikkinchi bo‘ldi