Samarqandda o‘tkazilayotgan “Challenge Samarkand-2025” xalqaro musobaqasi doirasida triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada ishtirokchilar "Elite" toifasida 1,9 kilometr masofaga suzish, 86 kilometr velosiped poygasi, 21,5 kilometrga yugurish bellashuvlarida mahoratini ko‘rsatdi.  

Ushbu toifada erkaklar musobaqasida birinchi o‘rinni Sulton Aliyev, keyingi o‘rinlarni Aleksey Makarov va Kamron Hojiyev egalladi.

Ayollar bahsida esa samarqandlik Alina Hakimova finishga birinchi bo‘lib yetib keldi. Ikkinchi o‘rinni Hayitxon Mannopova, uchinchi o‘rinni Dilnura Xolniyozova qo‘lga kiritdi.

"Sprint" yo‘nalishida sportchilar 750 metrga suzish, 19 kilometr masofada velopoyga va 5 kilometrga yugurish bahslari o‘tkazildi.

Bunda erkaklar bellashuvida Azizillo Abdulxodiyev marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida Shahribonu Absalimovaga teng keladigani topilmadi.

G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston triatlon federatsiyasi tomonidan taqdirlandi.

G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblari aniqlandi