Vatan yo‘lida halok bo‘lgan mard farzandlar xotirasi hech qachon unutilmaydi. Xotirani ardoqlash — uning ruhi oldida qarz, tiriklar uchun esa ibratdir.

Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ana shunday jasur safdosh — Akmal A’zamov xotirasini yod etish maqsadida uning oilasiga tashrif buyurishdi.  

–  Akmal aka xizmatga sidqidildan yondashar, yuragida Vatanga muhabbat va burchiga sadoqat bilan yashardi, –  deydi Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish shu’basi boshlig‘i Axror Ismatullayev. –  U  xizmat vazifasini bajarish vaqtida, 2002 yil 7 may kuni temir yo‘l platformasidagi  yuklarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish vaqtida yuqori kuchlanishli elektr toki urishi oqibatida halok bo‘lgandi. Bugun uni yod etish, oilasiga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish orqali biz ham safdoshimizning ruhi oldidagi burchimizni ado etyapmiz.

Xotira tadbiri chog‘ida marhumning otasi — mehnat faxriysi va pedagog Afzaljon Mirzaqulov ham yuragi to‘lib so‘zladi:

–  O‘g‘lim Vatan yo‘lida halok bo‘ldi. Ammo uning xotirasi ardoqda ekanini ko‘rib, yuragimga orom kirdi. Xizmatdoshlari uni unutmayotgani biz, ota-onalar uchun eng katta tasalli. Bundan boshimiz ko‘kka yetdi.

Uchrashuvda Akmal A’zamovning jasorati, sadoqati va fidokorona xizmati yana bir bor yuksak e’tirof etildi. Oila a’zolari bilan samimiy muloqotda bo‘lindi.

Bu tashrif — yurtimizda xotirani ulug‘lash, safdoshlarga sadoqat va insonparvarlik kabi ezgu qadriyatlar hayotimizda chuqur ildiz otganining yorqin tasdig‘idir.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Safdosh xotirasi yuraklarda abadiy saqlanadi