Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M. Mahmadaliyev bojxona organlari tomonidan otaliqqa olingan Nukus “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar internat uyida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun munosib sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Nogironligi bor 250 nafar ayol hamyurtimiz vasiylikka olingan mazkur muassasada yaratilgan sharoitlar, bemorlar uchun tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishgan mas’ullar shu yerda istiqomat qiluvchi ayollar qo‘l mehnatidan yaralgan haqiqiy san’at asari darajasidagi buyumlarni tomosha qilib, hayratga tushishdi. To‘garaklarda shug‘ullanayotgan tarbiyalanuvchilar bilan dildan qurilgan suhbat ularning biroz bo‘lsada ko‘ngillarini ko‘tardi.

Shu yerning o‘zida, tarbiyalanuvchilar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi. Unda  tarbiyalanuvchilar katta ishtiyoq bilan faol ishtirok etishdi. “Aql gimnastikasi” deya nomlanuvchi, ko‘pchilikka biroz qiyin ko‘rinadigan shaxmat donalari tarbiyalanuvchilar qo‘lida "oqilona" harakatga keldi.

Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan sport musobaqalari yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, esdalik sovg‘alar topshirildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Muruvvat uyi” tarbiyalanuvchilari holidan xabar olindi