Misr shimolidagi Iskandariya qirg‘og‘i yaqinida dengiz tubidan uchta ulkan haykal ko‘tarildi, deb xabar berdi mamlakat Turizm va qadimiy ashyolar vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, bu gal fir’avn Ramzes II timsoli tushirilgan sfenks shaklidagi kvars haykal, Ptolemey sulolasiga mansub noma’lum shaxsning granit haykali, qadimgi Rim zodagonlari vakilining oq marmar yodgorligi tiklangan.
Vazir Sherif Fotiy suv osti madaniy merosidan ayrim osori-atiqalar tarixiy qiymatini saqlab qolish uchun suv ostida saqlanishi, qolgan qismi esa ilmiy me’yorga muvofiq va qat’iy nazorat ostida olib chiqilganini ta’kidladi.
Qadimiy yodgorliklar oliy kengashi bosh kotibi Muhammad Ismoil Xolid aytishicha, hukumat so‘nggi 25 yil ichida O‘rta yer dengizi tubidan birinchi marta artefakt olib chiqqan.
Olimlar fikricha, Abu Qir ko‘rfaziga cho‘kib ketgan qadimgi Geraklion shahri O‘rta yer dengizi qirg‘oq hududida milodgacha, VIII asrda barpo etilgan. Eramizdan avvalgi 331 yil Iskandariya qurilishigacha mintaqadagi eng yirik savdo markazi, porti edi. Taxminan 1200 yil oldin suvga g‘arq bo‘lgan kent qoldiqlari 45 metrgacha suv ostida qolmoqda.
Arxeologlar 2000 yil topgan mazkur shahar ajoyib suv osti muzeyi hisoblanadi.
S.Rahimov, O‘zA