FOTOREPORTAJ
Termiz davlat pedagogika universitetida “O‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish” mavzusida o‘quv-trening bo‘lib o‘tdi.
“Mezonlarga asoslangan baholash” tizimini chuqur o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan mashg‘ulotda baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining rahbarlari hamda pedagog xodimlari faol ishtirok etdi. O‘quv mashg‘ulotlari Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi.
[gallery-24920]
Mahorat darslari davomida mezonlarga asoslangan baholash tizimining o‘ziga xos jihatlari, baholash mezonlarini belgilash tartibi hamda yangi tizimni amaliyotda samarali qo‘llash yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilimini adolatli va shaffof baholash jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan. Shu bois, mazkur treninglar o‘qituvchilar malakasini oshirish va o‘quv jarayonida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashda katta ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda ta’kidlanishicha, joriy yilda viloyatdagi jami 236 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida baholashning yangi tartibi bosqichma-bosqich joriy etilishi rejalashtirilgan.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA