Jizzax viloyatida “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy adolat nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2024 yil 5 avgust kuni Prezidentimizning imzosi bilan qabul qilingan mazkur qonun asosida yurtimiz bo‘ylab, xususan Jizzax viloyatida ham kadastr xatlovi ishlari izchil davom ettirilmoqda. Jarayonni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi va Kadastr agentligi tashabbusi bilan Zomin tumanida ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan maxsus reja-grafik asosida 2024–2025 yillarda viloyatdagi barcha mahallalarda kadastr xatlovi o‘tkazilishi belgilangan. Hozirgacha Jizzax viloyati bo‘yicha 30 ming 700 dan ortiq ko‘chmas mulk ob’ekti xatlovdan o‘tkazilgan. Shulardan 28 ming 313 ta hujjat UZKAD dasturiga kiritilgan, 17 ming 244 ta ob’ekt esa “E’tirof” avtomatlashtirilgan tizimi orqali rasmiylashtirilgan.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari orqali 316 nafar fuqaroning mulk va ijara huquqlari rasman e’tirof etilgan. Shuningdek, 14 ming 520 ta ob’ekt muhokama jarayonida bo‘lib, 1307 tasi e’lon qilingan.

Press-tur davomida biz Zomin tumani Navbahor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Shokir Abdishukurovning qonun xalq orasida katta mamnuniyat bilan qarshi olinganini ta’kidlaganiga guvoh bo‘ldik.

— Bu qonunni xalqimiz ko‘p yillardan beri kutib kelayotgandi, — deydi Shokir Abdishukurov. — Men oilam bilan 2007 yildan buyon 11 sotix yerda yashab, shu joyga qurilish qilganman. Ammo faqat 6 sotixinigina o‘z nomimga rasmiylashtirib, ushbu maydonga me’yordagi soliqni to‘lardim, qolgan 5 sotix uchun esa 3 barobar ko‘proq soliq to‘lab kelayotgandim. Endilikda kadastr xodimlari kelib, barcha hududni o‘lchab chiqishdi va O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni asosida yerimni to‘liq rasmiylashtirib berishdi. Endi bu yer mening qonuniy mulkim va hech qanday ortiqcha soliq to‘lamaslik huquqiga ega bo‘ldim. Bundan juda mamnunman. Shuning uchun ana shunday xalqparvar qonunni qabul qilgan Prezidentimizga, kadastr xodimlariga va barcha mas’ullarga o‘zim va butun oilam nomidan chuqur minnatdorchilik bildiraman.

[gallery-24914]

Shu o‘rinda barcha xatlov ishlari yakuniga yetgach, fuqarolarni to‘lov masalasida xabardor etish maqsadida Kadastr agentligi tomonidan SMS-xabarnomalar yuborilganini va bugungi kungacha viloyat bo‘yicha 193 nafar fuqaroga bunday axborotlar yetkazilganini qayd etish lozim.

— Yer uchastkasi uchun to‘lov hududlarga qarab turlicha hisoblanadi, — deydi Kadastr agentligi matbuot xizmati rahbari Ne’mat Otamurodov. — Masalan, Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, viloyat markazlarida 3 baravari, boshqa shaharlarda 2 baravari, qishloq joylarda esa 1 baravari miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi. Afsuski, bu jarayondan noqonuniy foyda ko‘rishga urinayotgan “ishbilarmon” kimsalar ham yo‘q emas. Fuqarolarni bunday shaxslarning yolg‘on va’dalaridan ehtiyot bo‘lishga chaqiramiz. Kadastr xodimlari xonadonlarga xatlov o‘tkazish uchun borganida, hech qanday to‘lov talab qilinmasligini alohida ta’kidlab o‘tmoqchimiz.

Press-tur davomida Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasining boshlig‘i Sanjar Qodirqulovning ta’kidlashicha, joriy yilda 101 ta mahallada xatlov ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xatlov ishlari ikki bosqichda — dala va kameral shaklda amalga oshirilmoqda.

Dala ishlari jarayonida ko‘chmas mulk ob’ektlari o‘lchanib, konstruktiv elementlar va yer uchastkasining aniq chegaralari belgilanadi, topografik uskunalar yordamida elektron xaritalar tuziladi. Kameral jarayonda esa jamlangan ma’lumotlar tahlil qilinib, axborot tizimlariga kiritiladi. Mazkur press-tur jarayonida bularning barchasiga o‘z ko‘zimiz bilan guvoh bo‘ldik.

— Ayrim holatlarda kadastr xodimlarining ishi qiyinlashmoqda, — deydi Sanjar Qodirqulov. — Masalan, uy egalarining xonadonda bo‘lmasligi, faqat bolalar yoki ayollar bo‘lishi, xodimlarni uyga kiritmaslik holatlari uchrayapti. Shu sababli, xatlov jarayonida bir mahalladagi ishlar yakunlanmasdan, boshqasiga o‘tib bo‘lmaydi. Bu esa vaqtinchalik kechikishlarga sabab bo‘lmoqda.

Darvoqe, fuqarolar o‘z mahallalarida xatlov ishlari qachon o‘tkazilishini “kadastr.uz” veb-sayti orqali osongina bilib olishlari mumkin. Agar mahalla nomi ro‘yxatda bo‘lmasa, u 2025 yildan keyingi bosqichga kiritilgan bo‘lishi mumkin. Lekin mamlakatimizdagi hech bir hudud e’tibordan chetda qolmasligi tadbir davomida alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasining yuqorida zikr etilgan 937-sonli Qonuni — bu faqat huquqiy hujjat emas, balki xalq farovonligiga qaratilgan, yuz minglab oilalar taqdiriga daxldor muhim qaror hisoblanadi. U fuqarolarning mulk huquqini qonuniy asosda ta’minlash bilan birga, ularning hayot sifati, turmush darajasi va iqtisodiy barqarorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Press-tur yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/j_sYDoRVGOQ" title="Yerga egalik — huquqqa ega bo‘lish demakdir" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A. Qayumov, J. Yorbekov (video + surat) O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yerga egalik — huquqqa ega bo‘lish demakdir (+video)