Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatni har qanday vaqtda urushga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

«Qurolli Kuchlarimiz har daqiqa, har kuni davlatimiz manfaatlari va xavfsizligini ta’minlashda posbonlik qilmoqda. Biz ehtimoliy tahdid manbalarini kuzatmoqdamiz, ko‘rmoqdamiz va ko‘ramiz. Biz harbiy qudratimizni oshirib bormoqdamiz», deya ta’kidladi Aliyev.

G‘azo sektorida Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgan har 6 falastinlikdan besh nafari tinch aholi bo‘lgan. Bu so‘nggi o‘n yilliklarda urushlarda kamdan-kam uchraydigan darajada yuqori ko‘rsatkichdir. Isroil harbiy razvedkasining o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning 83 foizini tinch aholi tashkil etgan. Urush boshlanganidan 19 oy o‘tib, may oyiga kelib, HAMAS va Falastin Islomiy Jihodi guruhining 8 900 nafar a’zosi “halok bo‘lgan” yoki “ehtimol o‘lgan” sifatida ro‘yxatga kiritilgan. Shu davrda jami 53 ming falastinlik o‘ldirilgani qayd etilgan.

Rossiya Ukrainaning bosib olingan Xerson, Xarkov va Zaporoje viloyatlari hududlarida 10 nafar tinch aholiga nisbatan jinsiy qiynoqlar qo‘llagan. Bu haqda BMTning qiynoqlar va shafqatsiz muomala bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi xabar berdi. Qiynoqqa solinganlik bo‘yicha tegishli ma’lumotlar Rossiyaga yetkazilgan.

Kolumbiyada jangarilar politsiya vertolyotini urib tushirishi oqibatida 12 nafar xodim halok bo‘ldi. Bu haqda politsiya boshlig‘i Karlos Trianaga tayanib, Associated Press xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, vertolyot “Markaziy qo‘mondonlik” qurolli guruhi a’zolari tomonidan 21 avgust kuni urib tushirilgan. Hodisa Antioxiya departamentining Amalfi tumanida sodir bo‘lgan. Jangarilar vertolyotni urib tushirishda dronlardan foydalangan. Politsiya xodimlari musodara qilingan 1,5 tonna kokainni yo‘q qilish operatsiyasiga ketayotgan edi.

Prezident Donald Tramp ma’muriyati AQSH vizasiga ega 55 milliondan ortiq xorijlikni noqonuniy harakatlar sodir etganini tekshirish yuzasidan doimiy tekshiruv ostiga oldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi. Davlat departamentining ma’lum qilishicha, har qanday qonunbuzarlik aniqlansa, vizalar bekor qilinadi, agar shaxs AQSHda bo‘lsa, u deportatsiya qilinadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Ne_6gN30m_c" title="Xalqaro dayjest" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalqaro dayjest (+video)