EURAMET (European Association of National Metrology Institutes) – Yevropaning mintaqaviy tashkiloti bo‘lib, 2007 yildan Germaniyada assotsiatsiya sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Tashkilot Yevropa Ittifoqi va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi mamlakatlarining 38 ta milliy metrologiya institutini, shuningdek, 76 ta vakolatli ilmiy markaz va tashkilotlarni birlashtiradi.

2025 yil iyun oyida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilgan EURAMET 19-Bosh Assambleyasida barcha a’zolar tomonidan O‘zbekiston milliy metrologiya institutining xalqaro hamkorlikdagi faoliyatida Markaziy Osiyodagi yagona Liaison Organization (hamkor tashkilot) – assotsiatsiyalashgan a’zo sifatida ishtirok etishi to‘liq ma’qullandi. 

O‘zbekistonning EURAMETda ishtirok etishining asosiy ahamiyati, avvalo, Yevropa metrologiya tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatini beradi. Bu orqali, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti endilikda EURAMETning rasmiy maydonlarida, yig‘ilishlari va loyihalarida to‘laqonli qatnashadi. 

Xalqaro nufuz va ishonch belgisi, Markaziy Osiyoda yagona hamkor sifatida O‘zbekistonning metrologiya sohasidagi yetakchi o‘rni tasdiqlanadi. Bu o‘z-o‘zidan O‘zbekiston milliy etalonlari va Yevropa mamlakatlarining etalonlari bilan rasmiy ravishda taqqoslanadi va SI tizimiga to‘liq kuzatuvchanlikni ta’minlaydi. 

Ilmiy-texnik hamkorlik orqali EMPIR (Europian Partnership of Metrology) doirasida qo‘shma tadqiqotlar va loyihalarda ishtirok etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Yevropa davlatlaridagi treninglar, stajirovkalar, malaka oshirish darslari bilan kadrlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada boyita oladi. Yuqori aniqlikdagi o‘lchashlar orqali esa, mahalliy ishlab chiqarish sifatini oshirish, eksportbop mahsulotlarni sertifikatlashda xalqaro ishonchga erishish mumkin bo‘ladi. Endilikda, mamlakatimiz butun Markaziy Osiyo nomidan EURAMETda ishtirok etadi.

Dildora DO‘SMATOVA

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz butun Markaziy Osiyo nomidan EURAMETda ishtirok etadi