"O‘zenergoinspeksiya" Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Andijon tumanida joylashgan "Ye. T." MCHJga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan dizel yonilg‘isi davlat standartlari talablariga mos kelmasligi aniqlandi.

Mazkur qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonuni 43-moddasiga muvofiq, realizatsiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi. Jarima miqdori 14,5 million so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, ushbu AYOQSHda aniqlangan qoldiq sifat talablariga javob bermaydigan neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik hamda ularning sifatini belgilangan tartibda qayta tiklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Hamroz Bayanov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatsiz dizel yonilg‘isini sotuvga chiqargan AYOQSHga nisbatan choralar ko‘rildi