Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida eng qutlug‘ ayyom – Mustaqillik bayrami arafasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlab “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 50 nafarga yaqin jurnalist va ijodkorlar o‘zlarining 200 ga yaqin ijod namunalari bilan faol ishtirok etishdi.  

Tanlov Navoiy viloyat hokimligi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi va bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilib, unda bir guruh faol jurnalist va ijodkorlar mehnati alohida e’tirof etildi.  

Tanlov hay’ati xulosasiga ko‘ra, 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 3 nafardan - jami 15 nafar g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.  

– Tanlovga viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid tahliliy maqolalarimni taqdim etgan edim, – deydi g‘oliblardan biri Dilafro‘z Xalilova. – Tanlovda ijodiy ishlarimning alohida e’tirof etilganidan mamnunman. Bu e’tibor, albatta, bizlarni xalq orasida yurib, xalqning dardini keng omma e’tiboriga ko‘proq olib chiqishga, mustaqillik ne’matini qadrlab, umrining har bir lahzasidan to‘g‘ri foydalanib, boshqalarga ham naf keltirayotgan insonlar hayotini kengroq yoritishga undaydi.  

[gallery-24904]

Tadbirda barcha g‘olib va sovrindorlarga tashkiliy qo‘mitaning turli darajadagi diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.  

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi