2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistondan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti geografiyasi kengayib, bu borada dunyoning 80 ga yaqin davlatlari bilan savdo aloqalari keng rivojlandi.

Bu yil serquyosh zaminimizda yetishtirilgan meva-sabzavotlar, quruq mevalar ilk bor Marokash, Iordaniya, Serbiya, Avstraliya, Gvatemala, Kolumbiya, Ekvador, Shvetsiya kabi davlatlarga yetib bordi.

Meva-sabzavotlarni eksport qiluvchi tadbirkorlar sonining joriy yilda 6 foizga ko‘payib, 1200 nafarga yaqinlashgani ham sohada katta yutuq sifatida qabul qilish kerak. 

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24-25 iyun kunlari Mo‘g‘ulistonga qilgan oliy darajadagi rasmiy tashriflari davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida bir qator kelishuvlarga erishilgan edi. Shundan dastlabki mahsulot sifatida Mo‘g‘ulistondan ming bosh “Bayad” zotli qo‘ylarni Navoiy viloyatida ko‘paytirish uchun O‘zbekistonga olib kelingan bo‘lsa, kuni kecha yurtimizning sarxil meva va polizlari ushbu davlatga jo‘natildi.  

Jumladan, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori Ibrohim Ergashev Navoiy xalqaro aeroportida Mo‘g‘uliston davlatiga eksportga tayyorlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining fitosanitar holati, qadoqlanishi va markirovkalash jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Dastlabki jo‘natmada 6 tonna 4 xil navli uzum, 2 tonna “Torpedo” navli qovun mavjud. Bu mahsulotlar O‘zbekiston hududlarida yetishtirilgan bo‘lib, barcha xalqaro talab va standartlarga muvofiq tarzda qadoqlangan.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, Mo‘g‘ulistonga ilk bor bunday hajmdagi uzum va qovun havo transporti orqali eksport qilinmoqda. Bu esa O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun yangi bozorlarning ochilayotganidan dalolat beradi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/T836NcWLpBI" title="Mo‘g‘ulistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti boshlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mo‘g‘ulistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti boshlandi (+video)