Yevropa qit’asida o‘tgan hafta futbol bo‘yicha Angliya, Ispaniya va Fransiya chempionati start olgan edi. Bugun Germaniya Bundesligasi va ertaga Italiya A seriyasida ilk tur uchrashuvlari start oladi. Shuningdek, yuqoridagi mamlakat birinchiliklarining ikkinchi tur bellashuvlari boshlanadi.
Bugun, O‘zbekiston vaqti bilan soat 23:30 da Bundesliganing birinchi turini amaldagi chempion “Bavariya” o‘z uyida “RB Leypsig” jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlab beradi.
Shuningdek, ertaga 23 avgust kuni "Bayer Leverkuzen" – "Xoffenxaym", "Union Berlin" – "Shtutgart", "Frayburg" – "Augsburg", "Xaydenxaym" – "Volfsburg", "Ayntraxt Frankfurt" – "Verder Bremen" va "Sankt-Pauli" – "Borussiya Dortmund" jamoalari o‘rtasidagi bahslarga guvoh bo‘lamiz. Turni 24 avgust kuni "Mayns" – "Kyoln" va " Borussiya M " – "Gamburg" uchrashuvi yakunlab beradi.
Bugun, Fransiya chempionatining 2-turi "PSJ" – "Anje" uchrashuvi bilan boshlanadi. O‘yin Parij shahrida 23:45 da start oladi. Ertaga esa "Marsel" – "Parij" FK va "Nitssa" – "Oser" klublari o‘zaro raqobatlashsa, "Lion" – "Mets", "Loryan" – "Renn", "Strasburg" – "Nant", "Tuluza" – "Brest", "Gavr" – "Lans" va "Lill" – "Monako" o‘rtasidagi bellashuvlar 24 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Angliya Premer-ligasida ikkinchi tur o‘yinlari 23-24 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu turning markaziy o‘yinlari qatorida "Manchester Siti” – “Tottenxem” va "Vest Xem” – “Chelsi" uchrashuvlari katta qiziqish bilan tomosho qilinadi. Umid qilamizki, “MS” klubining bu galgi o‘yinida hamyurtimiz Abduqodir Husanov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadi.

Mazkur turda "Bornmut" – "Vulverxempton", "Byornli" – "Sanderlend", "Brentford" – "Aston Villa", "Arsenal" – "Lids Yunayted", "Kristal Pelas" – "Nottingem Forest", "Everton" – "Brayton", "Fulxem" – "Manchester Yunayted" o‘rtasidagi o‘yinlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, 23-26 avgust kunlari oralig‘ida Ispaniya La ligasida ikkinchi, Italiya A seriyasida birinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA