Ma’lumki, qimmatbaho toshlardan va metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini chegara bojxona postlari orqali O‘zbekistonga olib kirish va undan olib chiqish bevosita amaldagi me’yorlar asosida tartibga solinadi.

Jumladan, jismoniy shaxslar O‘zbekiston hududiga o‘z ehtiyojlari uchun 65 grammgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin. Bunda olib kirayotgan yo‘lovchi zargarlik buyumlarini og‘zaki deklaratsiyalash orqali yashil yo‘lakdan harakatlanishi mumkin. 65 grammdan ko‘p bo‘lgan zargarlik buyumlarini olib kirish esa, bevosita bojxona to‘lovlarini to‘lagan holda amalga oshiriladi.  

Bojxona to‘lovlari miqdori qonunchilikda qayd qilingan asosda belgilanadi. To‘lovlar miqdori olib kirilayotgan zargarlik buyumlari turi va vazniga ko‘ra o‘zgaradi.

O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar esa qiymati 5 ming AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan zargarlik buyumlarini bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda olib chiqishiga ruxsat berilgan.

Afsuski, bugungi kunda belgilangan tartibga amal qilmasdan zargarlik buyumlarini xorijga olib chiqishga urinishlar ko‘p uchramoqda. Xususan, “Toshkent xalqaro aeroporti" chegara bojxona posti xodimlari Olmaota shahridan uchib kelgan fuqaroni tegishli tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazish davomida o‘z vaqtida taqdim etilmagan qiymati 227 million 500 ming so‘mlik 182 grammlik zargarlik buyumlarini aniqladi.

Yana bir holatda Bishkek shahriga parvozga otlangan fuqaroda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan, muqobil manbalarga ko‘ra taxminiy qiymati 70 million so‘mlik 1 dona o‘lchovli oltin quymasi borligi aniqlandi.

Mazkur holatlar bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistondan qiymati 182 grammlik zargarlik buyumlarni olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi