Bugun erta tongdan mamlakatimizda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi.

Azaldan xalqimizda birdam, yakdil bo‘lib, hamjihatlikda hasharlar   tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan.  

Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida tashkil etilgan mazkur hashar doirasidagi ishlar “ko‘chabay” va “xonadonbay” belgilab olindi.

Aytish kerakki, maydonlar, ko‘cha va xiyobonlar, aholi turar joylarini obodonlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ariq va lotoklar chiqindilardan tozalanmoqda.  

Yoshlarni jalb etgan holda qabristonlar obodonlashtirilmoqda, ta’mirlanayapti. Ziyoratgoh va ko‘cha tartibga keltirilyapti. Daraxtlar oqlanib, ularga shakl berilmoqda.  

Hashar davomida ko‘ngli yarim, ko‘makka muhtoj hamyurtlarimizga ham alohida ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Jumladan, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida kam ta’minlangan oilalarning uy-joylari hashar yo‘li bilan ta’mirlanayapti. Oilalarning tomorqa maydonlariga ekinlar ekildi. Ehtiyojmand oilalar, shu jumladan nogiron va yolg‘iz qariyalarning holidan xabar olinib, ularga moddiy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

N.Usmonova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umumxalq xayriya hashari boshlandi