Joriy yil 5 martda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida davlatimiz rahbari korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov ekanini ta’kidladi.

Korrupsiyaning oldini olish – davlat xizmatiga professional va fidoyi kadrlarni tanlash hamda ularni “halollik vaksinasi” bilan emlashdan boshlanishi qayd etildi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ish uslubi o‘zgartirilishi belgilandi. Tajriba tariqasida Sog‘liqni saqlash, Qurilish, Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zneftgaz” va “O‘suvta’minot” aksiyadorlik jamiyatlarining komplayens nazorati agentlikka o‘tkazildi.

Ayni paytda ushbu tajriba o‘zini oqlayotgani korrupsiya holatlarini aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha qilinayotgan amaliy ishlarda namoyon bo‘lmoqda. 

Mazkur majlisda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish  maqsadida Agentlik tomonidan Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari (komplayens) samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan intensiv o‘quv kurslari tashkil etildi.

Unda davlat organlari va tashkilotlarining markaziy, hududiy va tasarrufidagi tizim tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining 500 nafardan ortiq xodimi ishtirok etdi.

Mazkur o‘quv dasturi sohada qabul qilingan asosiy qarorlar va me’yoriy hujjatlarni tahlil qilish, “e-anticor.uz” platformasi va uning yangi moduli bilan ishlash, shuningdek, 2024 yilgi reyting baholash natijalari bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilishni qamrab oldi.

Ishtirokchilar taklif etilgan xorijiy ekspertlar bilan manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, davlat xizmatchilarining korrupsiya xavf-xatarlariga bardoshliligini baholash va ularni kamaytirishning ilg‘or xorijiy tajriba va usullarini qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi. 

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali joriy etishda uchrayotgan muammolar, faoliyatni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni amaliyotga tatbiq etishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar muhokama qilinib, faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens-nazorat bo‘linmalari faoliyati kuchaytiriladi